Yangi loyihaga moslashishni u yerdagi funksiya yoki komponentlarni chopishdan boshlayman) Aniqrog’i kodni to’liq o’rganib chiqaman, reusable qilinmagan yoki qisqaroq yo’l bilan hal qilsa bo’ladigan funksiyalarni birlashtirib chiqaman. Masalan, bitta component bor, uni 20 ta yoki 30 ta joyda ishlatishga to’g’ri kelgan va uni siz loyihada chaqirib ishlatishingiz kerak. Sizda bu component'ni chaqirishni bir nechta usuli bor: 1. Component’ni ishlatilgan joylarga import qilib chiqish. Lekin, best practise deb hisoblamayman. Chunki, bitta kod juda ham takrorlanadi. DRY 2. Event Bus orqali. Bu yerda to’liqroq o’rganib chiqsangiz bo’ladi. Man tanlaydigan usulim, sizningcha qimmatga tushishi mumkindir. Lekin, loyiha keyinchalik support qilinsa va developer'lar bemalol ishlay olishi uchun, bu jarayon muhim. REFACTOR! O’rganish uchun buzib ko’rish kerak:) @elzodxon

Saturday, October 14, 2023· 1.06KView original