Uzun sochdan qisqa soch turmagiga qaytdim. To'g'risini aytsam, biror ishni xohladimmi, uni doim sinab ko'raman. Aynan soch turmagida ham, o'zimda imidj yaratib ko'rishga harakat qilib ko'rdim. Manimcha yetarlicha o'stirdim va zerikdim ham. Kuniga uni parvarishlash va tushib ketsa har qadamda yuqoriga ko'tarishga ketadigan energiyani hisoblab chiqsak, ehhe...) Keyin, boshim yaxshiroq nafas olishni boshladi, yuvganimdan keyin tezroq quriyabdi ham. Bu, xo'l bosh bilan ko'chaga chiqib ketishni oldini olyabdi; Zalda yugursam esa, sochim endi tushib ketmayabdi, bundan ham tashqari eng asosiysi uydagilar xursand:) Keyin, sartarosh sochimni olishdan oldin ancha maqtadi. Ya'ni, yaxshi parvarishlangan va bir tekisda chiroyli o'sgan deb. Istalgan narsaga mehr berilsa, u chiroyli daraxt xoliga keladi. Shunday ekan, istalgan ishni qilsangiz ham mehr bering, u qilyabgan ishingizni seving:) Bu post foydali bo'lmasligi mumkin, lekin kech bo'lganda shu fikrlarni bu yerga yozishni to'g'ri deb bildim. Xayrli tun! Keyingi soch turmagi manimcha buzz cut) @elzodxon

Post
Tuesday, September 17, 2024· 2.56KView original