@uicgroup’da 1.5 yil(Recap) - 50+ katta va kichik loyihalarni yaratdik. - Vue 2 dan to’liq Vue 3 ishlatishga o’tdik. - Internal UI library yaratdik va loyihalarda ishlatyabmiz - Admin panellarni tezroq yaratish uchun ham yechim tayyorladik. - Jamoani bilimini oshirish uchun master class’lar tashkillashtirdik. - Wiki yozdik va unga kerakli bo’lgan va ko’p duch keladigan muammolarga yechimlarni joyladik. - Jamoada savol paydo bo’lsa, ko’p holatda o’zimiz javob topadigan va yechim beradigan bo’ldik. Qiynalsak, ustozlardan yordam oldik. - TypeScript’da yozishni boshladik. Ha, any’lar ham yozib turibmiz haliyam. - Management’da ozmi ko’pmi tajribam oshdi. Jamoa’miz bilan ko’pgina xatolar qildik va undan kerakli bo’lgan xulosalarni chiqardik. Thank you guys! We did lots of great things and bugs! @elzodxon