Serverga yangi SSD qo'shish bo'yicha kichik xulosalarim: - Copy paste'ni yaratgan odamga Nobel berish kerak) Chunki serverga kirish uchun bittalab login parol terish azob ekan:) login parol admin, admin emasdi haha) - SSD yangi qo'yilsa mount qilib qo'yish kerak ekan, bu ishni oldin qilib ko'rmagandim. Windows'da 3-4 ta click'da hal bo'ladigan narsa, linuxda terminal'da bir nimalar yozish kerak ekan. Google amaki va Sirojiddinga rahmat. - SSD qo'shilgandan keyin, server internetga ulanmay qoldi, keyin bilsak IP ko'rinmay qolgan ekan. Buni Saydullo aka bilan hal qildik. Kechadan beri 4-5 marta telefonda gaplashdik. Sayohat qilib yuribdilar, shunday bo'lsa ham yordamlarini ayamadilar. - Hardware bilan ishlashni ham o'rganishim kerakligini, nima qayerga qanday ulanadi, qanaqa ishlashini o'rganish P.S. Yangi narsalarni shunaqa vaziyatda o'rganib olyabmiz;) Ha aytgancha, Linux server'da bashni yaxshi bilmaslik, odamni anchagina qiynarkan. Yana nimadirlar esimga tushsa yozaman.