Phd tadqiqotchilar faqatgina o’qituvchilik qilishadimi? Jamiyatimizda Phd qilgan insonlarni faqatgina dars berishadi deb o’ylaymiz. Aslida ham shundaymi? Dunyoni ilg’or kompaniyalarini ko’radigan bo’lsa, ortida kuchli ilmiy-izlanish olib boradigan professorlar turishibdi. Ular yangi izlanishlar olib borishadi, siz va biz bilmaydigan ilm-fan nuqtalarini o’rganib innovatsiyalar yaratishadi. To’g’ri, guruch kurmaksiz bo’lmaydi. Faqatgina, sarlavha uchun pul berib ilmiy ish qildiradigan odamlarni ham ko’rishimiz mumkin. Lekin, bu hamma shunday degani emas. Kuchli kompaniyalarni eng kuchli quroli bu ilmiy tadqiqotchilar. Biz biladigan, Perplexity, OpenAI, Antrophic, MetaAI va boshqa AI bo’yicha sohalarni barchasida kuchli researcherlar va injinerlar turishibdi. Bu fikrlarimni xulosa qilib, balakavr o’qimoqchimisiz, o’qing faqatgina bu 4 yilda nimalar qilishingiz kerakligini oldingizga maqsad qilib qo’ying, ko’r-ko’rona o’qimang. Magistratura va Doktorlik uchun ham xuddi shunday. Jamiyatdagi “fikrlarni” deb keyingi katta inovatsiyani, inqilobni ko’mib yubormang. Siz qanday fikrdasiz? @elzodxon
