O’zi ko’p yozmayman, lekin bu tripni yozmasam bo’lmaydi manimcha. 3 yil deganda yana samolyotda uchish, hotel’da qolish va yangi madaniyatni kuzatish payti edi. Barchasi shu yerdan boshlangandi. Kechki soat 00:30 uyga charchagan holatda kirib keldim, ayam kutib oldilar. Ungacha bo’lgan vaqtda, Alisher akam bilan Padel o’ynadik va u yerdan chiqib Novzada ovqatlanib oldik. Padel ancha kuchni olib qo'yarkan) Uyga kelgunimgacha, kerakli narsalarimni ayam tayyorlab qo’yibdilar, uni ozroq tartibga soldik va sumkaga joyladik. Bu orada tezda dush qilib chiqdim. Uydan ketishga tayyorgarlik boshlandi, Yandex Taxi chaqirmoqchi bo’ldim, Start, Standart va Comfort tariflarida hammasida taksi chaqirishga urundim, lekin, birorta taksi chiqmadi. Chernyayevkaga uyimizdan 20km uzoqda joylashgan ekan. So’ngra, Uklondan taxi qidirdim va birdaniga chiqib o’tiribdi:) Chegaraga yetib keldim. Umid aka(TL), Rustam aka(QA) va Abbos(TL) bilan ko’rishib, chegara tomonga yurib ketdik. Chegaradan o’tish ko’p vaqt olmadi, tezda o’tib oldik. Ha aytgancha, Qozog’iston time zone bo’yicha bizdan 1 soat oldinda ekan. Chegaradan o’tishimiz bilan, taxi haydovchilari bilan gaplashdik va Shimkent Aeroportiga 18.000 tengega olib borishlariga kelishdik. Barchamizni juda ham uyqumiz kelyabdi va yo’lga tushdik. To’g’risini aytsam, Qozoq’lar ozroq derzkiyroqday tuyuldi. Chunki, youtube uchun video olyabgan vaqtimda, nega mani videoga olyabsan deb tipa urushib ketdi... Biz Shimkent xalqaro aeroportiga yetib keldik. Aeroport to’g’risini aytsam, unchalik katta emas va zamonaviyday ko’rinmadi, ya’ni bundan avval ham 3 tacha xalqaro aeroport’lar oldida wow effektini bera olmadi. Davomi bor... #kazhackstan 12.09.2023 ==== Ko'pdan beri, aytarli post yozmabman. Bugun ulashgim keldi. Diary'dan bir bo'lak.

Friday, November 24, 2023· 956View original