O‘zbekistonda, universitet saytlari qo‘li uchida qilib qo‘yiladiganday tuyuladi ko‘zimga. Universitet saytidan pichoqqa ilinadigan, biror tayinli maʼlumot topish qiyin. Barcha maʼlumotlar shunchaki tez-tez kiritib qo‘yiladi, sayt bormi? - Bor. “Для галочка” ishlanadi… Odamlar, Googleʼdan universitet haqida maʼlumot qidirsa chiqmaydi, chunki ichi bo‘m-bo‘shda… Universitetda yaxshilab o‘qiyman deydigan odam, avval yaxshilab research qiladi, universitet haqida o‘rganadi: yo‘nalishlari, universitetda o‘tiladigan fanlar, bitiruvchilar va ular qayerlarda ishlashgani, qanchadan boshlab oylik maosh olishi. Lekin, afsuski unday research qiladiganlar soni ham juda kam. Ko‘pchilik atrofimizdagilar universitetni yakunlashidan oldin ham kim bo‘lishini va qayerga yurishni bitiryabdi, afsuski. Bizga universitetga kirishing kerak deb o‘qitiladi xolos… Bu mavzuni davom ettirsa, uzun post chiqadi. Fikrlaringiz bo’lsa izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Mavzuga qaytadigan bo’lsam, universitet saytlari talabalarga va bundan tashqari abituriyentlarga hamda ularning ota-onalariga kerak bo’lgan, barcha ma’lumotlarni yetkazib berishi kerak deb hisoblayman. Kirishda O’zbekiston bayrog’i, gerbi va madhiyasi haqidagi ma’lumotlarni qo’yishni absurd deb o’ylayman. Yuqoridagi rasmda uzswlu.uz saytini ko’rinishi aks etgan…