Oʻzbek bizneslarida hammasi yaxshi faqat cho‘kishyaptimi yoki suzishyaptimi bilishmaydi Sizga aytsam so‘nggi bir necha oyda 100 dan ortiq biznes egalari bilan gaplashdim. Deyarli hammada bir xil gap, CRM bor, sotuv jamoasi bor, funnel qurilgan, raqamlar kuzatilayapti. Lekin ulardan “mijoz telefonda nima deyapti, bilasizmi?” deb so‘rasam jimjitlik. Hech kim bilmaydi. Chunki hech kim eshitmayapti. Bizda CRM madaniyati bor. Lead kirdi, deal ochildi, von/lost belgilandi. Bu yaxshi va kerakli narsa. Lekin CRM sizga faqat nima bo‘lganini ko‘rsatadi. Nima uchun bo‘lganini emas. Mijoz nega rad qildi? Operator nima dedi? Qaysi so‘zda mijoz bezishni boshladi? Bu javoblar CRMʼda yo‘q. Bu javoblar qo‘ng‘iroqlarning ichida. Biz Aisha AIʼda aynan shu muammoni yechyapmiz, va o‘zimiz ham o‘z sotuv voronkamizda ishlatyapmiz. Aslida oldinroq boshlashimiz kerak edi, lekin hechdan ko‘ra kech. Maslahat: ertaga bitta qo‘ng‘iroqni boshidan oxirigacha eshitib ko‘ring. Faqat bitta. Mijoz nima deyapti, haqiqatan eshiting. Ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. Sizning kompaniyangizda qo‘ng‘iroqlar qanday tahlil qilinadi? Yoki umuman qilinmayaptimi? Qiziq. P/s: CRMʼga pul to‘lab, lekin qo‘ng‘iroqlarni eshitmayotgan bo‘lsangiz, bu shifokorga borib, faqat ism familiya manzilingizni aytib, qaytib ketishga o‘xshaydi. @elzodxon

Post
Monday, March 16, 2026· 465View original