Nega 1fit? — 1fit - bir abonement olasiz va dasturdagi istalgan sport zal va mashg’ulotlarga qatnash imkonini beruvchi ajoyib dastur! O’tgan yili noyabr oyida 1fitdan abonement sotib olgandim va bu eng yaxshi investmentlardan biri bo’lgandi. O’tgan vaqt davomida, o’zimni turli xil sport turlarida sinab ko’rdim, hattoki, suzishni hobbyga aylantira oldim. Shu vaqt davomida, sinab ko’rgan sport turlari va mashg’ulotlar: ⁃ Fitness zal ⁃ Suzish ⁃ Golf ⁃ Kamondan o’q otish ⁃ Muz uchish Keling, oddiy matematik hisob-kitob qilamiz. Hozir Toshkent sharoitida o’rtacha sport zalning narxi 500 ming so’m. Agarda oldiga basseyn qo’shadigan bo’lsak, 400-500 ming so’m. Golf’ga haftada bir yoki ikki martta 30 daqiqadan vaqt sarflasangiz, 100 ming so’m. Muz uchish va kamondan o’q otish ham 100 ming so’m. Umumiy hisoblab ko’radigan bo’lsak, 1 oyda $100 atrofida sarflanar ekan. Bular uchun, boshida 3 mln so’mga abonement olgandim. Hozir bu dastur orqali 15 dan ortiq turli xil mashg’ulotlarga borsam bo’ladi. Aniq vaqt va soatini reja qilasiz, borib bemalol mashg’ulotda qatnashasiz. Bu discipline’ni shakllantirishga ham anchagina yordam beradi. Masalan, ertalab 7 da suzishga borishni 1 hafta avval reja qilasiz yoki 1 kun avval. 7 dan ozroq kech qolsangiz ham mashg’ulotga kirgazmasliklari mumkin. Shu vaqt davomida, birga ishlaydigan 5+ hamkasblarim va ukalarimga abonement oldik. Va, hozir ular bilan birgalikda reja qilamiz va mazza qilib shug’ullanamiz. To’g’risini aytsam, bir kishi bo’lib harakat qilishdan ko’ra, jamoa bo’lib harakat qilishni foydasi katta va uzoqroqqa borsa bo’ladi. (Delfinlar haqida post yozgandim:)) Hafta davomida 3 martta suzishga borishni deyarli odatga aylantirdik. Qiziqib, muzdan uchib ko’rdik, o’ylaganimdan ko’ra anchagina qiyin ekan. Oson narsani o’zi bormi? Sog’lom yashashni va turli xildagi mashg’ulotlarni sinab ko’rishni istaysizmi, unda 1fit’ni sinab ko’ring! Promokod: HECDHI Agarda bu yergacha yetib kelgan bo’lsangiz, sarflagan vaqtingizga rozi bo’ling, rahmat! #longread