Mail.ru’ni ishlatar edik, Custom email uchun([email protected]) uchun. Lekin yaqinda, mail.ru faqatgina 5 kishi uchun bepul qilib qo’ydi, qolganlar uchun, pul to’lash kerak edi. Keyin, Yandex Mail’ga o’tkazib yubordim. Boshida juda o’ylandim, ya’ni deyarli 1 yilga yaqin bo’lgan vaqtdagi email’larni qanday export qilib olsam ekan deb. Keyin esa, import funksiyasi borligini ChatGPT’dan so’rab bilib oldim va barcha emaillarni export qilib, hozir foydalanayotgan client’imga import qildim. Ha aytgancha, Yandex ham hozir pulli, lekin avval organizatsiya ochgan bo’lsangiz, bepul ishlatish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Nega Google emas? - To’g’risini aytsam, hozircha to’lashga pul yo’q. Keyin, Google for startups’ga topshirganlarga 1 yillik bepul berishardi, man promokodni olgandim, lekin vaqti o’tib ketdi..) Xullas shunaqa gaplar. @elzodxon

Post
Sunday, April 20, 2025· 1.61KView original