Ko’pchilikni xabari bor, bu yil bir nechta universitetlarga hujjat topshirdim va bir qancha muammolarga duch keldim. Universitetga topshirishdan oldin research qildim va u yerda O’zbeklar bormi o’zi, ularni statistikalari, extracurricular activity’lariga qiziqdim. Keyin, ularga universitet bo’yicha savollar bergim, to’liqroq ma’lumot(research imkoniyatlari, lokatsiyasi, fanlar) olgim keldi. O’zbeklarni o’zini topish ham bir katta muammo, to’g’ri Linkedin bor, lekin u yerdan ham ko’pchilikni topib bo’lmaydi. Va, borlarga ham yozganimdan keyin javob ololmadim(To’g’ri tushuaman, universitetda o’qishlari ko’p). Shu muammoga yechim berish uchun, bir loyihaga qo’l urdik va kichik statistikalarni siz bilan bo’lishmoqchiman. Hozirda tizimimizda, NYU(Main, Abu Dabi, Shanghai), Harvard, Duke, John Hopkins, Georgetown, Princeton va shu kabi 40+ universitetda o’qiydigan 80+ talabalarini bir yerda yig’dik va safimiz kengayishda davom etyabdi. Ular, o’zlarini bilimlarini, universitetdagi hayotlarini blog ko’rinishida ulashib borishmoqda(hozircha). Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi postlar bor, lekin ularni bir yerda yig’ganimiz barcha uchun foydali. 2 hafta ichida 34 ta davlatdan 2000+ tashrif buyuruvchilar va 200+ aktiv foydalanuvchilarga ega bo’ldik(Katta son emas, lekin tizim foydalanuvchilari sekin-asta ko’payib boryabdi) Biz loyihani ko’proq odamlar ishlatishini va universitetga topshirishga kerak bo’ladigan barcha bilimlarni bir yerda yig’ishga harakat qilyabmiz. Masalan, 4 ta grant yutib olish uchun Unicrafterlar o’zlari tutgan yo’l bo’yicha Roadmaplar tuzishdi va davom etyabdi. Linkedin’ni bir fichasini uxlatdik, universitet nomi yozilsa o’sha yerda o’qiydigan O’zbeklar chiqib keladi:) Telegram kanal: @unicrafters Tizimdan foydalanib ko’rish: https://unicraft.uz
