Kichikroq auditoriyali kanallarni kuzatish oxirgi paytlar juda ham yoqyabdi. Ularni o'zini vibe'i, fikrlashi va yozish stillari bor. Ko'p yozishsa ham ularni o'qib mazza qilasiz, kam yozishsa ham shunday. Blog ortidan tanishlar orttirish va ular bilan ko'rishganingizda ham ko'pincha holatda blog'da yozganday fikrlashi yoki undan ham yaxshiroq fikrlashi odamni xursand qiladi. Ba'zilarda og'zaki gapirish kuchli bo'ladi, ba'zilarda esa yozib tushuntirish qobiliyati kuchli bo'ladi. Yozing, o'xshamasligi yoki yoqmasligi yoki kimgadir yaxshi ko'rinish uchun yozmang, ertaga qaytib o'qiganizda, ha 1 yil yoki 2 yil oldin shunday fikrlagan ekanman va o'sha paytdagi o'zingiz bilan hozirgi o'zingizni solishtirish imkoniyati bo'ladi. Fikrlaringizni ulashishni boshlang, borini yozing, kundalikday qarang. Ba'zida o'zimga qanaqadir chegaralar qo'yganimni payqab qolaman va shu payt yana biror kanal ochib u yerda ham yozib boraman. Masalan, uyquchi dasturchi degan kanalim bo'lardi, hozir ham bor, u yerda kichik miyamga kelgan fikrlarni yozib borardim. Hozir, @elzodxonshares degan kanalim bor, u yerda ham hayotimda bo'lyabgan update'larni yozib turaman. Asosiysi fikrlang, yozing! Kuchli mutaxassislarni bilaman, ular mediaga kirib, o'zlarida bo'lyabgan case'larni share qilishlari shart va kerak! P.S> Jasurbek aka Project management bo'yicha blog qachon ochasiz?) Jasurbek aka blog ochsin deganlar bitta + qo'yib yuborish taklifi bor) Anchagina insight'larni share qila oladilar, afsuslanmaysizlar! @elzodxon

Monday, April 8, 2024· 817View original