Hozirgi kunda, o’quv markazlarni 1 oyda 100 lab o’quvchilar bitirib chiqishyabdi va ish izlashmoqda. Ularning katta qismida ushbu xato bor: - Portfolio’da 90% odam’da bir xil loyihalar va ularning qiyinchilik darajalari ham bir xil. Bunga qanday yechim qilsa bo’ladi? - Turli xil qiyinchilikdagi loyihalar yaratib ko’rishni maslahat beraman, ToDo, Weather App, yokida Kino’lar saytini Api’sidan foydalanilgan ishlar’ni qo’yishni tavsiya qilmayman. Bularni, qo’ygan taqdirda ham qiyinlik darajasini oshirib, boshqalardan ajralib turishiz uchun harakat qilishingiz kerak. Quyidagi loyihalar bo’lsa, bizda ko’pincha holatda suhbatgacha yetib kelib olishadi: - Kichikroq CRM(Auth yechimlari bor, CRUD’ga ega bo’lgan kichik loyiha) - Yangiliklar sayti(To’liq funksional bilan ishlashi) - Biror web sayt’ni clone’ini qiling, lekin unga mehr bering, ya’ni video’dan ko’rib qilib qo’yish emas, his eting. - Todo ham biz uchun qiziq, lekin u yerda, masalan, kanban board yaratish, uni drag and drop qilish, Auth qilish, shu kabi funksiyalar bo’lsa, anchagina qiziq bo’lardi. P.S. Biror ishni boshladikmi, unga mehr bersakkina uzoqroqqa bora olamiz. Misol uchun kiyim oldingiz va uni chiroyli qilib, dazmollab, aytilgan haroratda yuvilsa va ehtiyot qilib kiyilsa, ko’p vaqtga kiyishimizga yetadi, aks holda … Shunday ekan, qanday ish qilsak ham mehr bilan bajarsak, shirin meva beradi, nasib🔥 #forEveryone.