Founders Circle g‘oyasi Javohir bilan Almata’ga borganimizdan keyin tug‘ilgandi. Yoz oxirida birinchi tadbirimizni o‘tkazdik. Aytishadiku, boshlash oson - davom ettirish qiyin. Mana, oradan biroz vaqt o‘tib, yana 2 kundan keyin Founders Circle’ning ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Maqsadimiz: founderlar bir-biri bilan tanishib, ochiq gaplashadigan, bir-biriga maslahat va tajriba beradigan muhit yaratish. Founderlardan founderlarga! O‘tgan safargi tadbirimizda 50 ga yaqin founder va ishtirokchilar qatnashishgan. Bu safar ham kamida shuncha insonni kutyapmiz. Agar tajribali founder bo‘lsangiz, keling — yangi founderlarga o‘z tajribangizni ulashing. Agar o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Founders Circle'ga kelib tanishing, o'rganing. Bu yerda pitch qilishingiz, fikr-mulohaza olishingiz va VClar, founderlar hamda tajribali mentorlardan real maslahatlar olishingiz mumkin. Qachon: 28-noyabr, 18:00 (UTC+5) Qayerda: American University of Technology Ro'yhatdan o'tish: joinfounders.uz @elzodxon
