Fireside Chat Toshkentda / 12-dekabr, C-Space Digital Startup Awards taqdirlash marosimidan so‘ng MOST sizni mintaqaning venchur bozori kelajagi haqida ochiq suhbatga taklif qiladi. 📍 Joy: MOST C-Space Hub (Yunusabad) 🕓 Vaqt: 12-dekabr, Mehmonlar yig‘ilishi: 16:00 Boshlanishi: 16:50 🎙 Mavzu: “Central Asia Investment Hub: O‘zbekistonning mintaqaviy venchur xaritasidagi roli” O‘zbekiston Markaziy Osiyoda investitsiyalar va texnologik innovatsiyalarning yangi markazi sifatida o‘z mavqeini keskin mustahkamlab bormoqda. Fireside Chat davomida mintaqaviy venchur ekotizimi qanday shakllanayotgani, nega O‘zbekiston investorlar uchun Markaziy Osiyoga kirish nuqtasiga aylangani hamda startaplar va korporatsiyalar uchun qanday imkoniyatlar ochilayotgani muhokama qilinadi. Spikerlar: • Pavel Koktyshyev — MOST Holding CEO • Baxt Niyazov — Justart VC Studio asoschisi, venchur investori • Uchqun Tulavov — BITO Ecosystem asoschisi va CEO, tadbirkor, biznesni raqamlashtirish bo‘yicha ekspert • Dilmurod Xodiev — C-Space CEO Tadbirga venchur investorlar, tadbirkorlar va startap-founderlar, CVC va hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirayotgan korporativ vakillar, shuningdek, Markaziy Osiyoda venchur trendlari, texnologiyalar va innovatsiyalar rivoji bilan qiziqadiganlarning barchasi taklif etiladi. 🎁 Mehmonlar uchun bonus: Faqqa ushbu tadbirda CEVF 2026 Tashkent uchun eksklyuziv pre-sale ochiladi — -30% chegirma bilan eng arzon narxlardagi chiptalar taqdim etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/2Lp7NFUVhfApwDHm7

Post
Thursday, December 11, 2025· 1.07KView original