Fikrlar. Chust. - Kechqurun biror yeriz og'risa, bundan yomoni yo'q. 24/7 ishlaydigan doktorlar yo'q... Boshqa kunlari ham Max soat 5-6 gacha ishlanar ekan; Bu rejimni to'g'irlash shart; - Doktor narxlari Toshkentga solishtirganda, 5-6 marta arzonroq; - Juda ham ko'p bolalar kasal va ko'pchilik maska taqish rejimiga qaytgan. Ota-onalar farzandi uchun, hamma narsaga tayyor... - Barcha og'riq kechqurun avjiga chiqadi; - Internet sabrli bo'lishga o'rgatdi, yana bir bor) - Toshkent-Pop'ga mashinadan ko'ra, poyezdda kelib-ketish yaxshi va qulay; - Chust to'y va choyxona oshini ham mazasi boshqacha, shirin. Mazasini bilish uchun, Chustni o'zida yeyish kerak:) - Siz nechi yosh bo'lishizdan qat'iy nazar, ota-onangiz uchun kichkina boladaysiz... - Instagram detox'ni buzdim, screen time anchagina qisqardi va mashg'ulotlarga vaqt ajratishga vaqt topdim. - Bu yil, 100 kun sport bilan shug'ullanmoqchi edim, manimcha o'xshamaydi. Doktor, sport va suzishni to'xtatib turishimni aytdi; - 2023 tugashiga ham oz vaqt qoldi, bu milestone ham o'z yakuniga yetyabdi; Yo'lda yana bir-ikki fikrlar kelsa, yozib qo'yaman. O'qish uchun ajratgan vaqtingizga rozi bo'ling. 18:31 Pop

Monday, November 27, 2023· 993View original