Dasturlash sohasida turli o‘quv kurslarini tugatgandan so’ng, ishga kirish qanchalar oson? 👍 ”UIC IT Academy” tomonidan tashkillashtirilayotgan ilk ovozli suhbat mavzusi aynan shu haqida. Suhbat “UIC Group” kompaniyasi Frontend jamoa sardori Elzodxon Sharofaddinov tomonidan, uning shaxsiy YouTube kanalida olib boriladi. 🎙Live efir davomida o‘quv kurslarini bitirib nega ishga kirish qiyinligi ochiqlanadi va bu muammoga yechimlar beriladi. Suhbat kuni: 20-may, soat 16:00 da Suhbat turi: onlayn, YouTube live orqali Qatnashish: mutlaqo bepul @uic_itacademy