Dasturchi sifatida har kuni turli xildagi muammolarga duch kelamiz. Oson deb o’ylagan narsalarimiz aslida qiyin, qiyin deb o’ylagan narsalarimiz aksi bo’lishi mumkin. Shu payt, odamda o’ziga bo’lgan ishonch kamayishi yoki ortib ketishini kuzatishimiz mumkin. Ko’p holatda, agar qiyin vazifaga o’tirib qolinsa, odam’ni kayfiyati va motivatsiyasi tushib ketadi. Bunday holatda, man qila olmayabman, yoki level’im shunchalik pastga tushib ketdimi, degan o’y-hayollarni yig’ishtirib, ozroq o’yin-kulgu qilish, kofe ichish, sayr qilish yoki yaxshi ko’rgan film’ini mazza qilib tomosha qilgandan keyin urunib ko’rish kerak yaxshi fikr deb o’ylayman. Yoki, boshqa vazifani bajarish davomida, yechim topa olmayabgan loyihasini yechimini topib qolishi ham mumkin. Stuck bo’lib qoldingizmi, jamoa bilan gaplashib olish va muammoga yechim topish eng to’g’ri yo’l. Overthinking kills your emotions and motivation. Shunday payt, siz qanday ishlarni amalga oshirasiz? P.S. 1 haftadan beri bitta masalaga yechim topa olmayabgan Elzodxon:)

Wednesday, April 5, 2023· 579View original