Darajam oshdi, endi kompaniya ochishim kerak. Ko'pchilik AT'dagi mutaxassislar bir nechta kompaniyada 2-3 yil yoki boring ana 4-5 yil ishlagandan so'ng, o'zini kompaniyasini tuzmoqchi bo'lishiga va boshqalar uchun buyurtma asosida dastur tuzib bermoqchi bo'lishadi. Lekin bu bizneslardan 10 tadan 9 tasi afsuski muvaffaqiyatsiz bo'ladi(kuzatishlarim natijasi). Bunga esa bir qancha faktorlar bor: - AT mutaxassis bo'lib ishlagan degani biznes qila olasiz degani emas; Biznesni yuritish uchun texnik bilimlarni o'zi kamlik qiladi; - Jamoa yig'ish(Faqat dasturchilarni o'zini yig'ish ham yetarli emas). Dasturchilardan tashqari, Loyiha boshqaruvchilari, Marketing va Sotuv bo'yicha mutaxassislar ham kerak. Agarda bunday odamlar bo'lmasa, bu ishlarni barchasini o'zingiz qilasiz albatta:) - Atrofimdagi CEO va founder'lar texnik bilimlari yuqori(Yoki eng kamida kuchli CTO'si bor) texnik bilimlardan tashqari soft skill'lar, diplomatik aloqalarni o'rnatish, muzokaralar olib borish, jamiaga o'z kompaniya Vision'ini to'g'ri yetkazib bera olish skill'lariga ega. - Networking muhum ahamiyatga ega. - Investorlar quruq g'oyani o'ziga pul tikishmaydi(Agar startup qilmoqchi bo'lsangiz) Ustozimiz Alisher aka so'nggi paytlarda juda ham bir fikrni takror va takror aytyabdilar: Rivojlanish uchun hozir birlashishimiz kerak, hamma o'zi bo'lib 5-6 yilda erishadigan maqsadlarga birlashib, barcha uchun 2-3 yilda erishish mumkin. Yuqoridagi fikrga o'zim guvoh bo'lyabman. Hozirda ko'pchilikni ahvoli shunday. Shu yerda endi bir savol tug'iladi. Nega hamma o'zini kompaniyasini ochmoqchi bo'lyabdi? Qamchiq dovoni 19:10 @elzodxon