Bugun ertalabdan beri ikkita bankka prezentatsiya qildik. Agrobank – ofisi shinam va zamonaviy, muhit esa juda ijobiy. Open-minded odamlar bilan uchrashdik: biz taklif qilgan yechimlarga ular o‘z fikrlarini bildirishdi, og‘riqli nuqtalarini ochiq aytishdi va aynan qanday yechim kerakligini ko‘rsatib berishdi. Ofisdagi atmosfera ham erkin – stickerli doskalar va ijodiy vibe odamni yengil qiladi. Xalqbank – ofisi chiroyli va rivojlangan, lekin biroz yopiq muhit sezildi. Kirishda pasport so‘ralgani ham ozgina noqulaylik berdi. Meeting davomida ko‘proq biz gapirdik, lekin ular tomonidan aniq og‘riqli nuqtalar yoki ehtiyojlarni eshita olmadik. Menimcha, jarayonlarga ko‘proq yosh, open-minded va o‘z fikrini ochiq ayta oladigan kadrlar qo‘shilishi foydali bo‘lardi. Umuman olganda, ikkita bank tajribasi bir-biridan ancha farq qildi va bu biz uchun ham yaxshi kuzatuv bo‘ldi.

Post
Friday, August 22, 2025· 1.36KView original