Atrofingizga qarang, qanday ahvoldamiz. Bizni ilmsizlik shu holga olib keldi va faqatgina ilm qutqaradi. Bizni umrini kasbiga bag'ishlagan o'qituvchilargina qutqara oladi. Bugun o'qituvchilar bayrami. Imkoningiz bo'lsa, o'qituvchilaringizni ko'rgani boring, bo'lmasa telefon qilib tabriklang. Muvaffaqiyatlaringizni ayting. O'qituvchingizning mehnati bekor ketmayotganini ko'rsating. Ularni xursand qiling. Zero, ular taslim bo'lsa xalqni hech kim ilmsizlikdan qutqara olmaydi.

Post
Sunday, October 1, 2023· 1.84KView original