Adam Neumanning yangi "Flow" startapi $100 million dollar investitsiya jalb qildi. Startapning asosiy investori a16z. Hozirda "Flow" $2.5 milliard dollarga baholanmoqda. Adam Neuman bundan oldin "WeWork" kompaniyasiga asos solgan. WeWork kompaniyasi 2019 yil yanvarda $47 milliardga baholangan - uning asosiy investori, SoftBank, kompaniyaa $10 milliardan oshiq investitsiya kiritgan. Shundan so'ng, WeWork IPO qilish uchun ariza topshirgan va tekshiruvlar natijasida WeWork kompaniyasining moliyaviy hisobotlarida ko'p kamchiliklar chiqqan va shu hisobiga IPO kechiktirilgan. Aynan shu vaqtning o'zida Adam Neumanni CEO lavozimidan olishga harakat qilishgan va bu kompaniyadan ketishi uchun unga $1 milliard berishgan. Hozirda WeWork kompaniyasining qiymati atiga $44 million. WeWork haqida juda qiziqarli "WeCrashed" nomli serial ham bor. Umuman olganda, Adam Neumanning yo'lini o'rganish juda ham qiziq va startap founderlar uchun foydali darslarga to'la. Yangi startapiga dunyodagi eng katta VCdan investitsiya olgani esa undanda ajablanarli chunki aynan Adam Neumanning boshqaruvchilig sababli WeWork hozirgi holatiga kelgan. Bir tarafdan shuncha insonni o'z ortidan ergashtirib, kompaniyani $47 milliard qiymatga olib chiqqani taqsinga sazovor. Lekin shu paytning o'zida, juda ham ko'p inson ishongan kompaniya hozirda o'zining eng yuqoriga chiqqan qiymatidan 1000 barobar arzonroqligi aynan Adam Neuman tufayli bo'lgan. Shunga qaramasdan, uning yangi starapiga bu darajada katta investitsiya qabul qilyatgani ham juda qiziq. @founder_kundaligi

Post
Saturday, April 26, 2025· 1.33KView original