5–6 oy avval UIC Group’da Alisher aka (TIU) va Young Joon Lee (Cheju Halla University) bilan memorandum imzolangan edi. O‘sha payt Alisher aka bilan kontakt almashib olgandik, yoz boshida esa AI Training Center ochilishi va tutor sifatida mening ham nomzodim borligini aytib o‘tgan edilar. Shu vaqtda qiziqish uyg‘ondi va AI yangiliklaridan ortda qolmaslik uchun bu yerda kichik tajriba olishga qaror qildim. Avgust oyida AI Training Center ochildi. Bu yerda Microsoft Azure sertifikati va boshqa kurslar tashkillashtirilgan bo‘lib, KOICA qo‘llab-quvvatlashi asosida AI mutaxassislarini tayyorlash maqsad qilib olindi. 5 kunlik intensiv kurs yakunlandi ✅ Sentyabrdan 2 ta kurs o‘z faoliyatini boshlaydi. 10 ta tutor tayyorlandi, ulardan 2–4 nafari birinchi semestrda AI mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi. @elzodxon