Amerika texnologiyalar universitetida 1-yilni yakunladim
Kirish
Hammasi qiziq boshlangan edi, Amerikaga keta olmaganimdan so'ng hammasi boshlandi:) Amerika Universiteti O'zbekistonda ochilgan, troll uz va yana bir qancha internet nashrlarida bu universitet haqida postlar chiqdi. Bu postda, Amerika texnologiyalar universitetida o'tkan 1 yil haqida yozishga harakat qilaman.
Mening yo'nalishim
Amerika Texnologiyalar universitetida Software Engineering yo'nalishida 100% lik grants asosida o'qiyman. Grant olish uchun "Tech Innovators" nomli scholarshipga topshirgan edim va intervyudan so'ng, 100% lik grantga o'qishga taklif olgan edim.
Birinchi semester
O'qitilgan fanlar
Birinchi semester'da quyidagi fanlarni o'qidik:
- Calculus for Engineers 1 (MAT 265)
- Elements of Intercultural communications (COM 263)
- Introduction to Ethics (PHI 105)
- Modern history of Uzbekistan (UYT 1104)
- Principles of Programming (CSE 110)
- Introduction to Engineering (FSE 100)
O'qish tajribasi
Qiziq fakt, birinchi semester'da kursdoshlarim biz Software Engineering o'qiyabmizmi yoki Social yo'nalishda o'qiyabmizmi deb qolishdi haha. Injenering yo'nalishimizda, birinchi kursda Hard skill'lardan ko'ra Soft skill'larga, kommunikatsiya qilishga, fikrlarni to'g'ri yetkazib berishga fokus qaratildi desam xato bo'lmaydi. Birdaniga 1 nechta fanlar faqat hard tomonga qo'yilganda, ko'pchilik moslashishida balki muammo bo'lar edi. Ayniqsa men o'zimda, orada 5 yillik gap yeardan keyin, o'qishga fokus qaratish juda ham qiyin bo'ldi. Ya'ni, 180 yoki 120 minutlik darslarda qatnashish, vazifalarni qilish(ko'pini qilmadim ham), kursdoshlar bilan gaplashish, ular bilan tanishish ham biroz qiyin kechdi deb o'ylayman:) Bu, komfort zonadan chiqishimga yordam berdi.
Universitet muhiti
Universitetdagi staff yaxshi tanlangan, universitet missiyasiga harakat qilayotgan, ambitsiyasi bor bo'lgan yaxshi sostav:) Hamma professorlar bilan yaxshi kelishib oldim, ular bilan kofelashgan holatlarimiz ham bo'ldi.
Universitetda mani hamma tanib qoldi. Orada INHA universitetida O'tkazilgan startupfestda g'olib bo'lganimizdan keyin, universitetimiz rektori Dr.Said hamma talabalarni va universitetdagi staff'larni chaqirib tabriklashganidan keyin hammasi boshlandi. Birinchi semester'da Rector va Dean's list'ga tushdim,
Startupfest musobaqasida g'olib bo'lgan jamoalar(Aisha AI loyihamiz ham g'oliblar qatorida)
Bu rasmni qo'yganim uchun Abdulaziz va G'anisher akani jahllari chiqmaydi deb umid qilaman:)
Dr.Parveen Kumar bilan televizorga ham chiqdik
Professor Parveen Kumar universitetimizda eng ko'p AI bilan eksperimentlar qilib ko'radigan odam desam adashmagan bo'laman. Har xil yangi texnologiyalarni u birinchilardan bo'lib qo'llab ko'radi va ta'limda ishlatishga harakat qiladilar.
Televizorga 1-marta jonli efirga taklif qilishdi, Professorim sababli.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan ham ko'rishdik
Nodir Aka Turakulov(Antrophic) bilan event bo'lib o'tdi
Semester 3.63 GPA bilan yakunladim.
- Introduction to Engineering - B+
- Calculus for Engineers - A
- Principles of Programming - A
- Elements of Intercultural Communications - A-
- Introduction to Ethics - B+
- Modern History of Uzbekistan - B+
Ikkinchi semester
Ikkinchi semester bo'yicha universitetda eng ko'p dars qoldirgan odam bo'lsam kerak) To'g'ri bu maqtanadigan holat emas, lekin ko'p eventlar va ish masalasida shunday bo'lishiga to'g'ri kelib qoldi. Universitetimdagi professorlar bu journey'da support qilishgani uchun rahmat aytib qolaman. Ha aytgancha, Calculus for Engineers II da bir marta class'dan chiqarib qayta qo'shildim...
O'qitilgan fanlar
Ikkinchi semester'da quyidagi fanlarni o'qidik:
- Calculus for Engineers 2 (MAT 266)
- History of Engineering (HST 318)
- Human Systems Engineering (HSE 101)
- Object oriented programming & data structures (CSE 205)
- Philosophy (FA 1104)
- Public Speaking (COM 225)
Baholarim hali chiqmadi, lekin o'rtacha 3.5 GPA chiqsa kerak deb o'ylayabman.
Kursdoshlarim nimadirlar qilib turishibdi:)
Ha aytgancha, universitetdan hozircha haydashmadi:) Orada ko'pgina dropout qilish haqida fikrlar keldi, chunki komfort zonaga tushib qolgandim.
1-kurs davomida har tomonlama support qilgan, jamoamga, professorlarga, do'stlarim va oilamga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
2-kursda ko'rishguncha! 2-kurs tafsilotlarini o'qishni istasangiz, kuzatishda davom eting:)
Elzodxon Sharofaddinov
07.06.2025
Toshkent